Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetining biotexnologiya va virusologiya laboratoriyasi rahbari, professor Sergey Netyosov odamlar qachon niqob taqishdan qutulishi mumkinligini oʻz qarashlari doirasida maʼlum qildi.
Mutaxassis koronavirus infeksiyasi 90 foiz ehtimollik bilan» mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini, mazkur virus «oʻnlab yillar va asrlar davomida rivojlanib borishini taʼkidladi.
“Vaqt oʻtishi bilan esa u kasallik keltirib chiqarish qobiliyatini yoʻqotadi va zaiflashadi”, deydi Netyosov.
Shuningdek, u odamlarni “COVID-19”dan himoyalanish choralariga rioya qilishga chaqirdi. Chunki kuz kelishi bilan quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlar kamayadi. Bu esa viruslar turli sirtlarda ancha uzoq yashab qolishi mumkinligini anglatadi.