Seysmologga ko‘ra, 2 va 5 mart kunlari Quyosh sistemasidagi sayyoralarni geometrik yaqinlashuvi kritik darajaga yetadi. Unga ko‘ra, 3-4 mart yoki 6-7 mart kunlari sayyoraning juda faol seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudan kuchli zilzila kuzatilishi mumkinligi prognoz qilindi. 

Seysmolog Frank Hugerbits, astronomik sabablar, kosmologik usullar yordamida kuchli zilzilani prognoz qilishda nom taratgan olim hisoblanadi. Uning Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli zilzila to‘g‘risidagi 3 kun oldingi prognozlaridan biri o‘zini oqlagan.

Aytmoqchi, olim prognozi bo‘yicha kuchli zilzila kuzatilishi mumkin bo‘lgan geolakasion hududlar qatoriga bizning seysmik faol hudud kiritilmagan.