Tadbir davomida tuman madaniyat bo'limi ijodiy jamoasi tomonidan bir-biridan ajoyib chiqishlar namoyish etildi. Tadbir davomida oromgohda yozgi ta'tilni maroqli va mazmunli o'tkazayotgan bir guruh surxondaryolik hamda qoraqalpog'istonlik bolajonlarga tashabbuskorlar tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari ulashildi.

Ayni vaqtda oromgohda 4-navbatda 150 nafar surxondaryolik, Qoraqalpog'istonning Taxiatosh tumanidan kelgan 100 nafar bolalar dam olishmoqda. Ikki hudud bolajonlari bir yerda jam bo'lib o'ynab-kulishmoqda, maroqli hordiq chiqarishmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo'lim boshqaruvi

Matbuot xizmati