Bu haqda Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi 1/1-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar yetarli darajada samara bermagani, jumladan, ustav kapitali miqdorini qonunchilikda belgilangan eng kam talablar darajasiga yetkazilmaganligi, shuningdek, banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim talablar bajarilmaganligi sababli qabul qilindi.

«Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida«gi, «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida«gi hamda «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish toʻgʻrisida«gi qonunlarga muvofiq, bank faoliyatini oʻrnatilgan tartibda tugatish belgilandi hamda tugatish komissiyasi tayinlanib unga tugatish ishlarini boshqarish vakolatlari oʻtkazildi.