Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, joriy yil 23-fevral soat 11:30larda, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus va Amir Temur koʻchalari kesishgan chorraha yaqinida, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan hududiy boshqarmalarga foydalanish uchun topshirilib, olib ketilayotgan “Changan” rusumli avtomobil haydovchilaridan biri keskin tormoz bosishi oqibatida ortida harakatlanayotgan ushbu rusumdagi 6 ta avtomobillar ham keskin tormozlanishi yuzaga kelgan.

Hodisa natijasida 2 ta avtomobil texnik shikastlangan. Tan jarohati olgan fuqarolar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir boʻlish sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.