Qirg'iz Respublikasi Prezidentining "Ala-archa" qarorgohida bu yil o'ninchi bor o'tkazilayotgan mazkur xalqaro tadbirga "Yangi chaqiriqlar – kontrafakt bilan kurashishning yangi mexanizmlari" mavzusi tanlab olingan.
Forumda intellektual mulk huquqi buzilishi bilan kurashish, raqamli kelajak, ichki bozorlarni kontrafakt mahsulotlardan himoya qilish va yagona markirovka tizimini yaratish kabi mavzularda 4 ta sessiya doirasida mutaxassislar ma'ruzalari tinglanmoqda. Shuningdek, kontrafaktga qarish kurashish, iste'molchi va tadbirkor o'rtasidagi xolis munosabatlarni shakllantirish, kitob bozoridagi kontrafakt, tamaki va tarkibida nikotin saqlovchi mahsulotlar noqonuniy aylanishining oldini olish kabi mavzular muhokama qilinadi.
Forum kun tartibidan kontrafaktga qarshi kurashish choralari, farmatsevtika mahsulotlari noqonuniy aylanishining oldini olish, qurilish materiallari va buyumlari savdosini texnik jihatdan tartibga solish va davlatlararo standartlashtirishning ahamiyati kabi masalalar o'rin olgan hamda uning doirasida "Antikontrafakt-M" yoshlar forumini o'tkazish ham belgilangan.
Evroosiyo iqtisodiy komissiyasining taklifiga asosan forum ishida O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi delegatsiyasi ham mehmon sifatida ishtirok etmoqda.