Anjumanda Klinik laborator diagnostika mutaxassislari, Shenzhen YHLO Biotech (Xitoy) va Diamed Lab Service tashkiloti, sohaga doir laboratoriyalar mudirlari, professor oʻqituvchilar, magistrlar, ordinatorlar va talabalar ishtirok etyapti.
Xalqaro Ilmiy-amaliy konferensiyada tashxisiy faoliyatda davolash profilaktika muassasalari laborator-diagnostika borasida fikrlar almashilmoqda.
Tibbiyotning deyarli barcha sohalari laboratoriyalarida tadqiqotlar oʻtkazish va natijalarni tahlil qilishdagi yangiliklar xususida maʼruzalar eshitildi.
Konferensiya tashkilotchilari, mutaxassislar va biotibbiyot muhandisligi yoʻnalishi olimlari tomonidan zamonaviy YHLO laboratoriya uskunasi imkoniyatlari va IXLA tekshiruvining mutlaq zamonaviy shakllari yuzasidan yangi ishlanmalar borasida maʼlumotlar berildi.
Olimlarning eʼtiroficha, yangi davr tibbiyoti mutaxassislari biotibbiyot qurilmalari, tizimlari va komplekslarini yigʻish, ishga tushirish va sozlash ishlarini rejalashtirishi va bajarish qobiliyatlariga ega boʻlishi kerak.