Eng yomoni, ushbu yangi mutatsiyalar inson immunitetiga oson “chap bera oladi”. Yaʼni organizmda gripp infeksiyasiga qarshi antitanalar shakllangan boʻlsa-da, ularni qiyinchiliksiz chetlab oʻtib, sogʻlom hujayralarni zararlaydi.

Mutaxassislarning izoh berishicha, ikki virusning birlashishi fanda koinfeksiyalar deb ataladi. Biroq Shotlandiyaning Glazgo universiteti olimlari tomonidan inson oʻpkasida oʻtkazilgan tajribalar davomida viruslar bir-biri bilan raqobatlashmasligi, aksincha kuchlarini birlashtirib, yanada xavfli tus olishi aniqlandi.

Biz soʻz yuritayotgan gibrid gripp infeksiyalari shu tariqa shakllangan va olimlar hali bunday virusga duch kelishmaganini taʼkidlamoqda.

Xavotirli jihati, ushbu chatishgan xastalik aksariyat hollarda pnevmoniyani keltirib chiqarishi mumkin. Yaʼni infeksiya oqibatida oʻpka toʻqimalari yalligʻlanib, uning boʻshligʻi suyuqlik bilan toʻlishi kuzatiladi. Oqibatda bemorning nafas olishi ogʻirlashib, hayoti xavf ostida qoladi.