Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyundagi “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish va tartiblarini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 389-son qaroriga asosan yangi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega.
“Uzbekistan Airports” tasarrufidagi aeroportlarning faoliyati respublika transport sohasiga oid hujjatlar, jumladan, oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan tartibga solinadi hamda yuqori vazirlik va idoralar tomonidan ijro uchun yuboriladi.
Mavjud maʼlumotlarga koʻra, hozirda aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yoʻlovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yoʻnalishdagi reyslarga roʻyxatdan oʻtish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy roʻyxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda.