Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʻi elektr stansiyasi olis aholi punktlari va fermer xoʻjaliklarida avtonom elektr energiyasi va suv taʼminoti, chorva mollarini sugʻorish va tomchilab sugʻorish tizimlarida ishlatilishi mumkin. Qurilma yengil avtomashinaga tirkama orqali ulab harakatlantiriladi. U Quyosh energiyasi va benzin yoqilgʻisi bilan ishlaydi, elektr uzatish liniyalari tortishga ehtiyoj boʻlmaydi.

Mobil gibrid Quyosh-yoqilgʻi elektr stansiyasi ish jarayonida mobil ilova va internetga ulangan Sim karta orqali masofadan turib boshqariladi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmati.