Nizomga ko'ra, jamg'arma mablag'lari quyidagi 2 yo'nalish bo'yicha sarflanadi:
75 foizi barcha davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlarini moddiy rag'batlantirishga;
25 foizi tibbiyot muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, modernizatsiya qilish hamda ta'mirlashga.
Tibbiyot muassasasi xodimlariga moddiy rag'batlantirishning quyidagi turlari qo'llaniladi:
tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoshining 100 foizigacha hamda boshqa xodimlarga 75 foizigacha oylik ustamalar;
yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so'mgacha maxsus oylik ustamalar;
oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqtini soat 20:00 gacha uzaytirish hisobiga ikkinchi smenada ishlovchi shifokor hamda hamshiralarga lavozim maoshining 30 foizigacha oylik qo'shimcha ustamalar;
tibbiyot muassasalari barcha xodimlariga kasbiy va boshqa bayramlar munosabati bilan beriladigan mukofot pullari, shuningdek moddiy yordam pullari.
Oylik foizli ustamalar tibbiyot muassasasi xodimlarini reyting baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.