Guliston shahridagi Qurilish kolleji negizida tashkil etilgan ushbu o‘quv markazida qurilish yo‘nalishida 14 ta mutaxassislik va qo‘shimcha ravishda rus tiliga mukammal ravishda o‘qitiladi.

Shu jumladan, betonchi, g‘isht teruvchi, elektro-gaz payvandchi, duradgor, suvoqchi, bo‘yoqchi-bezakchi, santexnika ishlari ustasi, elektro-montajchi, stropalchi, qoplovchi-plitkachi, po‘lat va temir beton konstruksiyalar montajchisi, gipsakarton montajchisi, kran mashinisti (kranchi), tom yopuvchi kabi kasblarga o‘rgatiladi.

O‘qishga qabul qilingan fuqarolar 3 oy muddatda yotoqxona bilan ta’minlangan holda kunlik 3 mahal issiq ovqat beriladi.

O‘qishni tamomlagan fuqarolarga jahonda tan olingan «World skills» sertifikati taqdim etiladi. Ushbu sertifikat bilan dunyoning barcha xududlarida qurilish sohasida, shuningdek, tashkillashtirilgan holda chet davlatlarda ishlash imkonini beradi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi matbuot xizmati