Film “Belarusfilm” kinostudiyasi bilan hamkorlikdagi loyihalardan biri boʻlib, unda urushda partizan razvedkachisi sifatida ishtirok etgan Sovet Ittifoqi Qahramoni Mamadali Topvoldiyev (Belarus partizanlari uni “Kazbek” deb atashgan) haqida hikoya qilinadi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Mamadali Topvoldiyev rolini taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirov gavdalantirmoqda.