Yangi 3 qavatli boʻlib, 60 oʻrinli yopiq va ikki yuz oʻrinli ochiq tomosha zallariga ega kinoteatr «Jayhun monolit» MCHJ rahbari Temur Norboyev tomonidan bunyod etildi. Loyiha qiymati 4,5 milliard soʻmni tashkil etadi.
Ayni paytda binoda minifutbol, shaxmat, shashka bilan shugʻullanish uchun alohida zallar bor. Shuningdek, bu yerda turli sport musobaqalari, maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish mumkin.
Yangi kinoteatr tom maʼnoda maʼrifat, sport hamda fuqarolarning madaniy dam olish maskaniga aylanishi shubhasiz.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.