Yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunoslar va yosh ijodkorlar ishtirokidagi tadbirda yangi nashrdan chiqqan kitoblar haqida iliq fikrlar bildirildi.

“Soʻz chamani” ruknida chop etilgan ushbu kitoblar XX asr oʻzbek sheʼriyatida oʻz oʻrni va soʻzini ayta olgan ijodkorlarning saralangan sheʼrlaridan tuzilgani bilan ahamiyatlidir.

–Biz nashriyotga sheʼrlarni topshirib, chop etilishini yillab kutardik, – deydi Hanifa Oripova(Abdulla Oripovning rafiqasi).- Yaqindagina shoir shogirdlari kitob chiqarmoqchi ekanligini, unga sheʼr saralayotganini aytishgandi. Bugun netongki, ushbu kitob qoʻlimda. Toʻplamni varaqlab, Abdulla akamning oʻzi ham xush koʻradigan sheʼrlari kiritilganidan mamnun boʻldim.–Ibrohim Yusupov sheʼrlarini ohang jihatdan kuyga solish oson, – deydi sanʼatshunos Bibiaysha Qudayberganova.

Ushbu kitobga shoirning qoʻshiq boʻlgan sheʼrlari kiritilgan ekan. Ikkilanmay kitobni talabalarga tavsiya etaman.

Kitoblar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi, “Ijod” jamoat fondi homiyligida “Akademnashr” da 4 ming nusxadan chop etilgan.

Yigʻilganlarga tashkilotchilar tomonidan kitob taqdim etildi. Abdulla Qodiriy nomidagi Ijod maktabi oʻquvchilari hamda yosh ijodkorlar Hazrat Navoiy haykali poyida sheʼrxonlik qilishdi.