Klaster tizimi fermerlar etishtirgan paxta hosilini tayyor mahsulotga aylantirib,  savdoga, to'g'rirog'i eksportga chiqarsagina bundan fermer ham, davlat va boyiydi.

Qo'shko'pir tumanida faoliyat olib borayotgan “WVM QOSHKOPIR CLASTER” mas'uliyati cheklangan jamiyat tomonidan birdaniga uchta yirik ishlab chiqarish korxonasiga tamal toshi qo'yildi. eng so'nggi texnika yutuqlari asosida yaratilgan uskunalar o'rnatiladigan bu korxonalar xom ashyoni ikki bosqichda tayyor mahsulotga aylantirishga asoslangan. Avvalo, paxta tolasidan kalava ip tayyorlanadi, so'ngra  undan tayyor kiyim-kechaklar tikiladi. YAna bir korxonada esa paxta chigiti qayta ishlanib, iste'mol yog'i ishlab chiqariladi.

Yil oxirigacha ishga tushirilishi rejalashtirilgan uchta korxonada 1200ta yangi ishchi o'rni yaratiladi.

eng e'tiborli tomoni, Xorazmning eng chekka tumani hisoblanmish Qo'shko'pirda shu kungacha birorta yirik sanoat korxonasi yo'q edi. Klaster  shu bo'shliqni to'ldirdi.

                                                        Ro'zimboy HASAN,

                                                 “YAngi O'zbekiston” muxbiri