Mazkur sport muassasalarida 300 dan ortiq sport sektsiyalari tashkil etilib, ularga 30 mingdan ziyod yoshlarni qamrab olish choralari ko'riladi”, deyiladi Bosh vazir o'rinbosari Aziz Abduhakimov tomonidan taqdim etilgan jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 2021 yilgi rejalar to'g'risidagi ma'lumotda.

Qayd etilishicha, yangi o'quv yilidan boshlab  umumta'lim maktablarida 18 soatlik reja asosida shaxmatga o'qitish joriy etiladi va sportning bu turiga qo'shimcha ravishda 25 ming nafar o'quvchi jalb qilinadi.

Bundan tashqari, 2021 yilda 10 mingta maktab 5 million, 6 mingta bog'cha esa 3 million, jami 62 milliard so'mlik 9 turdagi birlamchi sport jihozlari bilan ta'minlanadi.