Shu kungacha paxta chigiti, kungaboqar va soyadan ovqatda ishlatiladigan yogʻ olinardi. Vohada esa kunjut koʻp asrlardan buyon yetishtirilib, undan yogʻ olish texnologiyasi yaratilgan boʻlsa-da, soʻnggi paytlarda bu soha eʼtibordan chetda qolib kelayotgan edi.
Yangibozor tumanining Mangʻitlar mahallasida turkiyalik sarmoyadorlar bilan hamkorlikda kunjutni qayta ishlash zavodi qurilishi boshlandi. “KIVA SESAME” masʼuliyati cheklangan jamiyati “Moyli ekinlarning iqtisodiy samarali navlarini yaratish va qayta ishlashni tashkil etish” loyihasi doirasida ushbu savobli ishga qoʻl urdi.
Keyingi yil boshida ishga tushadigan yangi zavod hududda shu sohadagi ilk korxonaga aylanadi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri