Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Opera sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab internatni tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2020-yil 30-sentyabrdagi Qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida tashkil etilgan opera va baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan maktab internatiga 2021-2022 oʻquv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. Mazkur maktab internatiga oʻquvchilar 5-sinfdan qabul qilinib, opera, baxshichilik, Alamoʻynoq dutor sozandaligi va jirov yoʻnalishi boʻyicha taʼlim olishadi. Maktab internati zamonaviy, barcha sharoitlar mavjud. Boshqa hududlardan kelgan oʻquvchilar yotoqxona, ovqat bilan taʼminlanadi.

Maktabda oʻquvchilar madaniyat va sanʼat yoʻnalishi bilan bir qatorda umumtaʼlim fanlaridan ham taʼlim olishadi. Maktabda sohaning yetakchi xodimlari, Xalq artistlari, xizmat koʻrsatgan artistlar Xalq baxshilari dars beradilar.

Maktab-internatga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish 15-avgustga qadar davom etadi.