Doston Haqberdiyev rejissyorligi ostida sahnalashtirilgan mazkur spektaklning yopiq taqdimotida Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi rahbari Soyib Begmatov, Teatr arboblari uyushmasi vakili, teatrshunos Tohir Doʻstmuhammedov, dramaturg Hayitmat Rasul, Fargʻona davlat universiteti dotsenti Emyamin Qirgʻizov va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur yangi sahna asari komissiya aʼzolari tomonidan yuqori baholanib, tomoshabinlar eʼtiboriga havola etish uchun bir ovozdan maʼqullandi, deya xabar beradi Madaniyat vazirligi Axborot xizmati.