“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Kamron film” studiyasi tomonidan “Ona zamin” seriali suratga olinmoqda. Serial 50 qismdan iborat.
Drama janrida tasvirga olinayotgan mazkur serialda chekka qishloqda tugʻilgan Akbar ismli qahramonning shaharlik tadbirkorga aylanishi bilan bogʻliq voqealar aks ettiriladi.
Ssenariy mualliflari Nurilla Abbosxon va Muhammad Davlatilloh, postanovkachi rejissyor Izzat Qalandarov, operator Anvar Odilov, postanovkachi rassom, Sherzod Abduvaliyev, kartina direktori Davron Saparov.
Aktyorlar Nodira Mahmudova, Shahnoza Xojimurodova, Behruz Ismoilov va boshqalar. Hozirda serialning suratga olish ishlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatlarida boʻlib oʻtmoqda.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati