30 iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan 2022-yilning 26-iyun kuni Namangan, Samarqand, Guliston, Chirchiq, Jizzax, Farg'ona, Shahrisabz, Toshkent shaharlarida “Yangi nafas” 3 kilometr masofaga yugurish bo'yicha o'tkaziladigan musobaqada har bir shahardan 2000 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda. Bunday musobaqalar yurtimizda deyarli har yili o'tkaziladi. Tadbirlardan asosiy maqsad aholi salomatligini oshirish, birlik va hamjihatlikni tiklashdir.
Marafon tarixiga nazar soladigan bo'lsak, nomi va masofa uzunligi yunon askari haqidagi rivoyat bilan bog'liq. U Yunonistondagi Marafon qishlog'i bilan Afina o'rtasida tahminan 40 kilometr yo'lni yugurib o'tib, Afinaga yunonlarning forslar ustidan g'alabasi to'g'risidagi xabarni etkazgan. Marafon yugurishi — yengil atletikada uzun yo'lni ya'ni 42 km 195 metrni yugurib o'tish. Bunday musobaqalarga yoshlar ham katta yoshdagi insonlar ham juda qiziqishadi.
Marafon yugurishi ishtirokchilardan sog'lik talab qiladi. Ya'ni biz unda ishtirok etishimizdan avval tibbiy ko'rikdan o'tishimiz darkor. Marafonda barchamiz faol bo'laylik!
Zohida Umrzoqova,
O'zJOKU talabasi