Yangi Namangan tumanining Islom Karimov koʻchasi hududidagi 50 sotix yer maydonida “Onalar bogʻi” tashkil etildi.

Yangi bogʻda koʻchat ekish ishlarida viloyati hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Dinora Yakubova va tumandan faol xotin-qizlar, mahalliy hokimlik mutasaddilari, nuroniylar va yoshlar, koʻngilli aholi vakillari qatnashdi. Ular ajratilgan maydonga birinchi kunning oʻzida 600 tup katalpa, kashtan va pavloniya koʻchalarini qadadilar. Bundan tashqari, 3 mingta gul koʻchatlari ekildi.

Bogʻda ekilgan har bir koʻchatni parvarish qilish, oʻz vaqtida sugʻorish boʻyicha masʼular tayinlanib, zarur tavsiyalar berildi.