Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanganligi sababli 1-3-sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
Shu munosabat bilan respublikamizdagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-oʻquv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi, deyiladi xabarda.