Tantanali tadbirda viloyat rahbari 2020-yil yakuni boʻyicha bir guruh ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda ijtimoiy tarmoqlar adminlariga qimmatbaho sovgʻa - zamonaviy planshetlarni topshirdi.

Taqdirlanganlar orasida “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining Namangan viloyati boʻyicha muxbiri Orifjon Joʻrayevning ham borligi bizni quvontirdi. Qisqa fursat ichida u bosma nashrimizda va saytimizda eʼlon qilinayotgan xabar, maqola va suhbatlari, yurtdoshlarimiz, turli darajadagi mutasaddilar munosabatlari asosida tayyorlab berayotgan materiallari bilan jamoamizda oʻz oʻrniga ega boʻldi. Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan ushbu hamkasbimizga yana-da ulkan ijodiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!