O'tgan qariyb 4,5 oylik faoliyati davomida gazetada turli mavzulardagi ko'plab tahliliy, dolzarb ruhdagi materiallar, yirik mutaxassislar, atoqli olimlar bilan suhbatlar, shoir-yozuvchilarning bugungi kun nafasi aks etgan o'tkir maqolalari chop etildi.

Nafaqat yurtimiz ziyolilari, balki uzoq-yaqindagi chet mamlakatlardagi vatandoshlarimiz ham nashrning elektron shaklini o'qib, gazeta xususidagi qimmatli fikr-mulohazalari, maqolalar mazmundorligini oshirish bo'yicha takliflarini bildiryapti.

Qadrli gazetxonlarning har bir fikri, taklifi gazeta uchun alohida qimmatga ega. Nashr jamoasi gazetaning har bir sonini diqqat bilan kuzatib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizga samimiy minnatdorlik bildiradi.