Mazkur qaror loyihasida Mo‘ynoq tumani hokimligi huzurida “Orol artemiya sanoat” davlat unitar korxonasini tashkil etish va Orol dengizining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli barcha qismini artemiya sistasini ovlash va qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirish uchun 2020-yil 1-apreldan boshlab belgilangan tartibda “Orol artemiya sanoat” DUKga doimiy alohida foydalanish uchun o‘tkazish nazarda tutilgan.

Vaholanki, bugungi kunda Mo‘ynoq tumanida artemiya tsistalarini ovlash, quritish, qayta ishlangan mahsulotni eskporti bilan 23 ta subyektlar shug‘ullanib kelmoqda.

Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini kamaytirish, raqobat mavjud sohalarda davlat unitar korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish
va xususiylashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlardan kelib chiqqan holda

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan:

birinchidan, mazkur bozorda (artemiya sistasi etishtirish va sotish) davlat unitar korxonasini tashkil etish maqsadga muvofiq emasligi;

ikkinchidan, Orol dengizining O‘zbekiston Respublikasiga tegishli barcha qismini artemiya sistasini ovlash va qayta ishlash tarmog‘ini rivojlantirish uchun barcha tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish;

shu soha bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish uchun ko‘maklashish;

artemiya sistasi etishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga kvotalar ajratishda xom ashyoni chuqur qayta ishlashni tashkil etish talabini belgilash yuzasidan xulosa taqdim etildi.