2019-2020 -yillarda xususiy bandlik agentliklarining sa'y-harakati natijasida 3 ming 300 ga yaqin fuqaro xorijiy davlatlarga qonuniy tarzda ishga joylashtirildi. AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari, Ichki ishlar vazirliklari, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirokida "Xususiy bandlik agentliklari tomonidan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilish masalalari" mavzusida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining xususiy bandlik agentliklari reestridan 108 ta yuridik shaxs ro'yxatdan o'tgan bo'lib, ulardan 78 tasiga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilgan. O'tgan davr mobaynida 70 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilingan. Hozirgi vaqtda litsenziyaga ega 8 ta xususiy bandlik agentligidan 6 tasi faoliyat yuritmoqda (1 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi tiklash jarayonida va 1 ta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi sud tomonidan to'xtatilgan).
Shu bilan birga, 2019-2020- yillarda xususiy bandlik agentliklarining sa'y-harakati natijasida 3 ming 300 ga yaqin fuqaro Rossiya, Turkiya, Litva, Latviya, Pol`sha, Bolgariya, BAA, Saudiya Arabistoni, Belarus`, Xorvatiya, Yaponiya, estoniya, Qozog'iston, Ukraina, Isroil, Germaniya, Gretsiya, Qatar kabi davlatlarga qonuniy tarzda ishga joylashtirildi. Biroq, ular tomonidan litsenziya talablari va shartlarini buzish holatlari uchramoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, 11 ta xususiy bandlik agentligi tomonidan fuqarolarga 71,8 mlrd. so'm miqdorida zarar etkazilgan va ularga nisbatan jinoiy ishlar qo'zg'atilgan.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib kelgusida xususiy bandlik agentliklari vakillari tomonidan sodir etilayotgan jinoiy harakatlarning oldini olish maqsadida 2020 yilda O'zbekiston Respublikasining «Xususiy bandlik agentliklari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi qonuni qabul qilindi.
YAngi tahrirda qabul qilingan qonunga ko'ra, xususiy bandlik agentliklari endilikda quyidagi talablar asosida faoliyat yuritadi:
-
- O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatish uchun xususiy bandlik agentliklari zaxira qilinadigan summa sarflangan taqdirda mablag'larning o'rnini to'ldirish, shuningdek litsenziya tugatilgan yoki bekor qilingan taqdirda mablag'larni qaytarish shartlari bilan bazaviy hisoblash miqdorining sakkiz ming besh yuz baravari miqdoridagi mablag'larni O'zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg'armasida zaxira qilib qo'yadi.
- O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ish qidirayotgan shaxslardan xorijda ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlar uchun haq olish taqiqlandi. Bu xizmatlar uchun haq xorijiy ish beruvchi tomonidan to'lab beriladi.
- Shuningdek, litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarining xorijiy hamkorlari va ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan bo'lishi kerak.
- Har bir xizmat ko'rsatish shartnomasini xususiy bandlik agentliklari “labor-migration” axborot tizimida real vaqt tartibida ro'yxatdan o'tkazilishi talab etiladi.
5.Bundan tashqari, fuqarolarni ishga joylashtirish sohasida ko'rsatiladigan axborot va maslahat xizmatlarining qiymati bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan (2021- yil 1- sentyabrdan bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 ming so'm) oshmasligi belgilab qo'yildi.