Shu yilning 28-avgust kuni ushbu talabalar turar joyining foydalanishga topshirilishi munosabati bilan OAV vakillari ishtirokida press tur tashkil etildi.
Qayd etish kerakki, “New-Brend-House” MCHJ tomonidan bunyod etilgan ushbu bino besh qavatdan iborat boʻlib, jami 142 ta xonadan tashkil topgan. Xonalarning qulay qurilgani bois har biriga 3 nafardan talaba joylashishi mumkin. Dars qilish, kiyim-kechak va yotoq mebellari, shuningdek koʻrpa-toʻshak hamda choyshablar bilan toʻliq taʼminlangan. Binoda suv taʼminoti, issiqlik, yoritish, kanalizatsiya tizimlarining sifatli ishlashi yoʻlga qoʻyilgan.
Shuningdek hozirda binoning pastki qismida talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishi uchun sport zallari tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbarining olib borayotgan ulkan islohotlari natijasida yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar ularning chuqur bilim olishlari, yetuk kadr boʻlib shakllanishlariga asos boʻlib xizmat qilmoqda.
Ushbu tadbirda filial jamoasi, shahar hokimligi, sektor rahbarlari, shahar nuroniylar kengashi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.