Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-mayda imzolangan “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida nazarda tutildi.

Farmonga koʻra, 2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish ikki bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqichda faoliyatni boshlash uchun oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari oʻrnatilgan tartibda litsenziyalanadi, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish taʼlim tashkilotlari xabardor qilish tartibida tashkil etiladi.

Keyingi bosqichda esa taʼlim tashkilotlarining kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim dasturlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.