Mazkur hujjatga muvofiq 2023-yil 1-sentyabrdan:
- oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini tashkil etishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi;
- qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati sohasidagi muammolar boʻyicha ilmiy loyihalar va dissertatsiyalar mavzulari Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti huzurida Buyuk Britaniya taʼlim tizimiga ixtisoslashgan Xalqaro maktab tashkil etiladi. Oʻquvchilar 1 va 5 sinfdan qabul qilinadi.
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti;
idoralararo Qishloq xoʻjaligi fundamental tadqiqotlar markazi;
Dala ekinlari urugʻchiligi milliy tadqiqot majmuasi direksiyasi tashkil etilyapti, deb xabar beradi “Norma”.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 10-iyuldan kuchga kirdi.