Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-avgust oylarida respublikamizda (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 2016-yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,2 barobarga oshgan.

Yillar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni (yanvar-avgust oylarida):

2016-yilda – 22 142 ta;

2017-yilda – 30 542 ta;

2018-yilda – 38 132 ta;

2019-yilda – 68 654 ta;

2020-yilda – 62 745 ta;

2021-yilda – 69 805 ta.