Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021-yil yanvar-iyul oylarida (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) jami 61 612 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Bu oʻtgan yilning mos davriga qaraganda 6 301 taga koʻp.
Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan korxonalar soni:
Toshkent shahri – 10 296 ta;
Qashqadaryo viloyati – 7 186 ta;
Samarqand viloyati – 6 322 ta;
Fargʻona viloyati – 5 438 ta;
Toshkent viloyati – 5 249 ta;
Namangan viloyati – 3 838 ta;
Andijon viloyati – 3 681 ta;
Surxondaryo viloyati – 3 622 ta;
Buxoro viloyati – 3 501 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 2 859 ta;
Jizzax viloyati – 2 771 ta;
Xorazm viloyati – 2 685 ta;
Navoiy viloyati – 2 663 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 501 ta.