Yangi Toshkent shahri qurilishi uchun Yuqori Chirchiq tumanidan yana yer maydoni ajratildi

    Yuqori Chirchiq tumanidan davlat zaxirasiga qaytarilgan hamda toifasi oʻzgartirilgan 110,4 gektar yer maydoni doimiy foydalanish huquqi bilan “Yangi Toshkent shahrini barpo etish direksiyasi”ga ajratib berildi.

    Bu boʻyicha Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori qabul qilindi.

    Tumanning “Oʻzbekiston”, “Guliston”, “Istiqlol” mahallalaridagi hududlar “Yangi Toshkent shahri” hududiga oʻtkazilmoqda.

    Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur yer maydonlarini belgilangan tartibda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish ishlari amalga oshirilmoqda.