“Sankt-Peterburg” kvartali Oʻzbekiston poytaxtining qurilayotgan “Yangi Toshkent” tumanida barpo etiladi. Bu haqda Rossiyaning Oʻzbekistondagi savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar beradi.
“Yaqinda Oʻzbekiston poytaxtining qurilayotgan «Yangi Toshkent” tumanida “Sankt-Peterburg” kvartalining barpo etilishi toʻgʻrisida Memorandum imzolanish marosimi boʻlib oʻtdi. Meʼmoriy loyihani peterburglik mutaxassislarning ishlab chiqishi rejalashtirilyapti», — deyiladi tass.ru xabarida.
Toshkent shahrining Bosh rejasi 2045-yilgacha poytaxtning “Yangi Toshkent” tumani qurilishini koʻzda tutadi. Uning maydoni 20 ming gektarni tashkil etadi, va bu zamonaviy Oʻzbekistonning bosh shaharsozlik rejasi sanaladi.
Mazkur tumanning dastlabki yashash va infratuzilma obyektlarining qurilishi joriy yil aprel oyida boshlangan. Asosiy obyektlarning qurib bitkazilishi esa 2045-yilga moʻljallanyapti. Kelajakda barcha davlat muassasalarining “Yangi Toshkent”ga koʻchirilishi kutilyapti. Loyiha mualliflari bu Toshkent shahrini avtomobil tirbandliklaridan sezilarli darajada yengillashtiradi deb hisoblaydi.