Murojaatda fuqaro Buxoro shahridagi avtosalonga 189.000.000 (bir yuzu sakson toʻqqiz million) soʻm toʻlovni amalga oshirib, “Tracker” xarid qilgani, biroq, hali 10 km. ham yurib ulgurmasidan nuqsonlar va gʻalati tovushlar sezilganini, bu borada bir necha marotaba avtosalon mutasaddilariga murojaat qilgan boʻlsa-da masalaga yechim topilmagani aytilgan.
Mazkur murojaatni oʻrganish davomida, isteʼmolchiga yangi avtomobil topshirildi, sifatsiz avtoulov esa avtosalonga qaytarildi.