Xorazmda ham eng ilgʻor texnologiyalar asosida xizmat koʻrsatadigan xususiy klinikalar soni tobora koʻpayib bormoqda. Urganch shahrida ulugʻ bayramimiz arafasida “Caravan Medijne” xususiy klinikasi oʻz faoliyatini boshladi. Koʻp qavatli, barcha tibbiy jihozlarga ega klinika kuniga 60 nafar bemorga tibbiy xizmat koʻrsatadi. Bu yerda yiliga 1,5 mingga yaqin jarrohlik amaliyotini bajarish imkoni ham mavjud.

Yangi xususiy klinikada 25 ta ish oʻrni ochilib, sohaning malakali shifokorlari tanlov asosida ishga qabul qilindilar.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri