— Yurtimizda har bir oila, har bir bola baxtli bo'lishi uchun xalqchil islohotlar amalga oshirilmoqda, — deydi Manzura Musayeva. — Bizlarga hamisha g'amxo'rlik qilib kelayotgan davlatimiz rahbari va hukumatimizga cheksiz minnatdorchilik bildiraman. Bugun sunnat to'yining bosh sababchilari bo'lganlar qatorida o'tirgan baxtiyor bolajonlarning ikki nafari mening farzandlarim. Tuman hokimligi ularga munosib to'yonalar berdi.
Katta shodiyonalik bilan o'tgan to'y davrasini taniqli xonandalar kuy va qo'shiqlari bilan bezashdi.
Ro'zimboy Hasan,
"Yangi O'zbekiston" muxbiri