Buxoro viloyati Vobkent tumanida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, Instagram ijtimoiy tarmogʻida “Yangi yil uchun foizsiz onlayn kredit” mazmunidagi xabar tarqatgan nomaʼlum akkaunt foydalanuvchisi ularning ishonchiga kirib, bank karta maʼlumotlarini hamda kreditni tasdiqlash uchun deb sms-xabarnomani aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, fuqarolardan jami 3.934.000 million soʻm pullarini yechib olganligini bildirib, firibgarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻraganlar.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 1994-y.t., H.A. ekanligi aniqlangan.

H.A.ga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.