30 kishidan koʻp boʻlgan koʻngilochar tadbirlarni tashkil etuvchi toʻyxona, mehmonxona, restoran va kafelarda:
shartnoma asosida sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini jalb etgan holda epidemiologik tartiblarga rioya etilishi ustidan nazorat oʻrnatilishi;
koronavirusga PZR test natijasi boʻlmagan tashrif buyuruvchilar uchun xususiy laboratoriya yoki sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan shartnoma asosida joyida koronavirusga ekspress-test tekshiruvini yoʻlga qoʻyilishi talab etiladi.
Respublika masus komissiyasining ushbu qarori xalqimizning bayram tadbirlarini yuqori kayfiyatda nishonlashiga sharoit yaratib berishni koʻzda tutadi. Yurtdoshlarimizdan bayram kunlarida oʻzlari hamda yaqinlarining sogʻliqlariga befarq boʻlmasdan, tibbiy niqoblardan toʻgʻri foydalanib, qoʻyilgan talablarga qatʼiy rioya etishlarini soʻrab qolamiz.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.