Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident qarori bilan Yangi yil bayramida haftada 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar — shanba kunidan 2-yanvar — payshanba kuniga koʻchirilgan. 6 kun ishlaydiganlar uchun esa 2-yanvar — payshanba qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi.

28-dekabrdan 2025-yilning 2-yanvarigacha quyidagi banklar tomonidan ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul oʻtkazmalari shoxobchalari faoliyat koʻrsatadi:

“Ipak yoʻli bank”;

«Oʻzmilliybank«;

«Biznesni rivojlantirish banki«;

«Agrobank«;

«Hamkorbank«;

«Trastbank«;

«Turonbank«;

«Aloqabank«;

«Sanoatqurilishbank«;

«Xalq banki«;

«Asakabank«;

«InFinbank«;

«Ipoteka bank«;

«Garant bank«;

«MKbank«;

«Poytaxtbank«;

«Saderatbank«;

«Asia Allianse bank«;

«Ostobank«;

«Anor bank«;

«Universalbank«;

“Orient Finans Bank”;

«Apex bank«;

«Davrbank«;

«Tenge bank«;

«Hayot bank«.

Shu bilan birga, “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari orqali hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.