Tayyorgarlikni ruhiyatingizni tetiklashtirishdan boshlashingiz kerak. Butun oilaning kayfiyati ko'tarinki bo'lishi uchun, qalbga og'riq  beruvchi xotiralardan qutilish lozim. Bir-birovidan kechirim so'rash, bilib va bilmay gapirib qo'ygan gaplarini unutish muhim. Undan keyin yangi yilga tayyorgarlik qilsa samimiyat bilan yondoshilgan bo'linadi.

endi siz dizaynerlik qobiliyatingizni ishga solasiz. Archa bezab bolajonlarga xursandchilik beruvchi muhit ham yaratishingiz mumkin. Archa bezaklariga ijodiy yondoshish yaxshiroqdir. Bu noyob va takrorlanmas esdalik buyumlari oilangizda bayramona kayfiyatni paydo qiladi.  Hatto yillar o'tib, yangi buyumlar qo'shib, o'z kollektsiyangizni to'ldirib borsangiz bo'ladi.

Ishoning, o'n-o'n besh yildan so'ng yoshi ulg'ayib qolgan bolalar o'zlarining dastlabki ijodiy ishlariga mehr bilan qarashadi, oilaviy bayramlar, iliq munosabatlarga intilishadi.

Yaratilgan yangi yil muhitini muattar iforlar bilan to'ldirish zarur. O'zbekona ifor quritilgan ko'katlar solingan ko'k somsa ham bo'lishi mumkin.

Kechqurun Yangi yil fil`mlari, mul`tfil`mlari va ertaklarini tomosha qilish nafaqat bayram kayfiyati bilan moslashishning yaxshi usuli, balki butun oila bilan uchrashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Bolalarni o'zingizning bolaligingizdan beri ko'rib kelayotgan sevimli fil`mlar bilan tanishtiring yoki o'zingiz ko'rmagan yangi kartinalarni tanlang. Asosiysi, farzandlaringizning istak-xoxishlarini inobatga oling. Yangi yil fil`mini birgalikda tomosha qilish va muhokama qilish ko'nglingizni ko'taradi va sizga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yosh bolalar tunda yangi yil ertaklarini o'qishlari mumkin, — deydi mutaxassis.

— Shuningdek, bobo va buvijonlar bilan Yangi yil xaqida suhbatlashib, ularga kelajak haqidagi orzularingizni so'zlab bering. Bu psixologiya tilida “Neyro lingvistik dasturlash” deb ataladi va inson ongiga kelajak dasturini o'rnatish deyiladi. Bobolarimiz esa buni “Niyatingga yarasha bo'laveradi!”, deb uqtirishadi xalqona tilda.  Albatta, ong ostidagi har bir muhrlangan dastur kelajagingizdagi yorqin kunlaringizga aylanadi.  

Psixologning so'zlariga ko'ra so'nggi bir yil ichida to'plangan fotosuratlar, bolalar ijodiy ishlari va rasmlarini tomosha qilish sizni yoqimli daqiqalarga oshno etadi.