Oʻzbekistonda Yangi yilning birinchi sutkasida qancha chaqaloq tugʻilgani maʼlum boʻldi

Ilgari xabar berganimizdek, 2021-yilning 1-yanvar kuni, soat 18:00 holatiga koʻra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq tugʻilgan edi.

Soʻnggi maʼlumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu oxirgi 4 yildagi eng kam koʻrsatkich hisoblanadi. Maʼlumot uchun, 2018-yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda — 1708 nafar, 2020-yilda esa —1974 nafar chaqaloq tugʻilgan edi.

2021-yilning 1-yanvar kuni tugʻilgan chaqaloqlarning 810 nafari qiz, 834 nafari esa oʻgʻil bola boʻlib:

eng koʻp bola Fargʻona viloyatida (202 nafar),

ikkinchi oʻrinda Qashqadaryo viloyati (196 nafar),

uchinchi oʻrinda Samarqand va Namangan viloyatlarida (169 nafardan),

toʻrtinchi oʻrinda Jizzax viloyatida (151 nafar chaqaloq) tugʻildi.

Shuningdek, shu kuni tugʻilish koʻrsatkichi boʻyicha:

5-oʻrinda Toshkent shahri (139 nafar),

6-oʻrinda Toshkent viloyati (126 nafar),

7-oʻrinda Surxondaryo viloyati (95 nafar),

8-oʻrinda Andijon va Buxoro viloyatlari (79 nafardan),

9-oʻrinda Xorazm viloyati (71 nafar),

10-oʻrinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi (66 nafar),

11-oʻrinda Sirdaryo va Navoiy viloyatlari (51 nafardan).

Dunyoga kelgan bolalarning 9 nafarini egizaklar (jami 18 nafar chaqaloq) tashkil qiladi.

Yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlari yurtimizdagi mavjud 219 ta tugʻruq muassasalarida har kuni navbatchilik asosida 4141 nafar tibbiyot xodimlari, jumladan:

 583 nafar akusher-ginekolog,

 344 nafar neonatolog,

 1172 nafar doya,

 2042 nafar hamshiralar faoliyat koʻrsatishmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.