Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlum qildi
Shu kabi holat Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham qayd etilgan. Yaʼni fuqaro A.X. 4 500 AQSH dollarini 50,4 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 4 500 AQSH dollari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Shuningdek, yuqoridagi fuqarolarning harakatlari boʻyicha olib borilgan tezkor kuzatuvlarda ular doimiy ravishda valyuta qimmatliklarini qonunga zid ravishda ayirboshlash faoliyati bilan shugʻullanib kelgani maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Fuqarolardan chet el valyutasini faqat bank muassasasi yoki uning shahobchalari orqali ayirboshlash soʻraldi.