Yangihayot tumanida 10 ta avtomashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi

    2025-yil 1-avgust kuni soat 13:30 larda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi Choshtepa koʻchasida yirik yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi.

    Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “IVECO” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida, quyidagi yengil avtomashinalar bilan toʻqnashgan:

    • “Captiva”
    • 2 ta “Lacetti”
    • “Spark”
    • “Onix”
    • “Malibu-2”
    • “Cobalt”
    • “Hyundai”
    • “Tracker-2”

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmadi.

    Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati masʼullari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.