Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, “IVECO” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi natijasida, quyidagi yengil avtomashinalar bilan toʻqnashgan:

  • “Captiva”
  • 2 ta “Lacetti”
  • “Spark”
  • “Onix”
  • “Malibu-2”
  • “Cobalt”
  • “Hyundai”
  • “Tracker-2”

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar qayd etilmadi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati masʼullari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.