Qayd etilishicha, 66-sonli oilaviy poliklinika ham 2020-yilgi Investitsiya dasturi asosida qurib bitkazilgan. U 6 mahallaning 36 082 nafar fuqarolariga, yaʼni “Yangi Turmush”, “Oriyat”, “Humo”, Ibrat, “Marhamat” va “Gulshanobod” mahallalari aholisiga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan.

Ushbu poliklinikada roʻyxatdan oʻtish, kasallik tarixini koʻrish onlayn tarzda amalga oshiriladi. Shuningdek, 120dan ortiq malakali tibbiyot xodimlari faoliyat olib boradi.