Reytingda AQSH vakili Uesli So 30,80 ochko bilan yetakchilikka erishgan boʻlsa, Niderlandiya vakili Anish Giri 29,03 ochko bilan 2-oʻrindan joy oldi. Levon Aronyan 26,35 ochko jamgʻargan holda kuchli uchlikni yakunladi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov erishgan natijalari asosida 22,28 ochko bilan 4-oʻrinni band etdi. Mahoratli shaxmatchimizdan keyingi pogʻonalardan Magnus Karlsen, Gukesh, Yan Nepomnyashiy, Aleksandr Donchenko kabi grossmeysterlar joy olishgan.

Javohir Sindorov yangilangan reytingda 89 nafar kuchlilar orasida 12-qatorda qayd etildi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi tomonidan joriy etilgan mazkur reyting oʻrinlari 2024-yili oʻtkaziladigan jahon chempionatida qatnashadigan eng kuchli ishtirokchilarni aniqlashni nazarda tutadi, deyiladi FIDE xabarida.