Bu haqda Toshkent viloyati YHXB maʼlumot berdi.
Shu yilning 13-iyul kuni soat taxminan soat 14:30 larda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatdagi M34 avtomobil yoʻlining 23-km, "Yangiyoʻl-Toshkent" yoʻnalishida haydovchi 1989-yilda tugʻilgan X.Sh Damas rusumli transport vositasini boshqarib ketayotib, oʻzi bilan bir yoʻnalishda boʻlgan haydovchi 1990-yilda tugʻilgan M.I boshqaruvidagi Jentra rusumli transport vositasining orqa qismiga borib urilishi natijasida agʻdarilib ketdi.
Ushbu yoʻl-transport hodisasi natijasida Damas avtomobilining bir nafar yoʻlovchisiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatildi. Ogʻir tan-jarohat olganlar topilmadi.
Hozirda holat yuzasidan Yangiyoʻl tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.