Unga koʻra, 2021-yil 12-avgust kunidan boshlab, 181-sonli yangi “Yangiyoʻl dehqon bozori - Farxod bozori” avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etildi.

Yoʻnalishdagi jadvallar soni Isuzu rusumli avtobuslar asosida ish va shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga 3 ta hamda ish tartibi 5:30 dan 20:30 gacha etib belgilandi.

“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmatining xabar berishicha, mazkur yangi avtobus yoʻnalishi “Yangiyoʻl dehqon bozori” soʻnggi bekatidan Samarqand, Beruniy, Olmaliq, Oʻzbekiston, M.Mirzaaxmedov, Qahramon, M-39 yoʻli, Bunyodkor (Olmazor metro bekati orqali), Gavhar, Al-Xorazmiy, 2-Qatortol, Shirin, M.Shayxzoda, Farxod qoʻchalari orqali “Farxod bozori” bekatigacha harakatlanishi belgilandi.